Bugun Urganch davlat universitetida “Referendum – 2023: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Referendum va yoshlar” targʻibot tadbiri o’tkazildi.
Unda UrDU Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Sh.Allaberganov, "Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi" kafedrasi mudiri, dots. U.Sheripov, "O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi" kafedrasi dotsenti Sh.Samanova, fakultet dekanlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlari ishtirok etdilar.
Tadbirda referendum tushunchasining mazmun-mohiyati, yangilanayotgan Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat ekanligi va unda yoshlarga ayniqsa, taʼlim sohasiga alohida eʼtibor qaratilayotganligi haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.