2023-yil 25-mart kuni Urganch davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetida Rossiyaning Yugor davlat universiteti katta o‘qituvchisi, iqtisodiyot fanlari nomzodi Ustiuzhantseva Anastasia Nikolayevna tomonidan “Iqtisod boʻyicha loyiha faoliyati” mavzusiga bag‘ishlangan master-klass o‘tkazildi. Mazkur master-klassda fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok qildilar.