Germaniyaning SES tashkiloti a'zosi, dotsent Wilhelm Rottmann UrDU talabalariga dars berdi

Urganch davlat universitetining Germaniyaning SES tashkiloti bilan 2018-yildan beri hamkorlik aloqalari mavjud va hozirda ham davom etmoqda.

Xususan, 2023-yil mart oyi davomida Germaniyaning SES tashkiloti a'zosi, dotsenti Wilhelm Rottmann UrDU Xorijiy filologiya fakultetining Lingvistika: nemis tili  2-bosqich magistrlariga hamda 3-kurs nemis tili yoʻnalishi talabalariga dars mashgʻulotlari, seminar-treninglar olib bordi. 

Janob Wilhelm Rottmannning “O‘z-o‘zidan tashkil etilgan ta’lim” nomli seminarlaridan maqsad: talabalarning o'z-o'zini nazorat qilishini oshirish, o'qitish jarayonlarida talabalardagi shaxsiy mas'uliyatni oshirish, ularni individual o'quv jarayonida qo'llab-quvvatlash.

Seminarlarda "Learning apps", "Book creator" singari zamonaviy dasturlar orqali yangi mavzu yaratish, ulardan foydalanish nazariy va amaliy jihatdan oʻrganildi.

urdu.uz, Germaniyaning SES tashkiloti a'zosi, dotsent Wilhelm Rottmann UrDU talabalariga dars berdi