Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha xorijlik mutaxassislar bilan muloqot olib borildi

Bugun Urganch davlat universiteti rektori B.I.Abdullayev va Butunjahon turizm tashkiloti eksperti Jim Jessamine o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan jalb qilingan Butunjahon turizm tashkiloti ekspertlari Xorazm viloyatida turizm mahsulotlarini diversifikatsiyalash strategiyasini ishlab chiqish bo’yicha izlanishlarni olib borayotganliklarini va bunda Urganch davlat universitetining roli alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tishdi.

Shuningdek, muloqot chog’ida Xorazm viloyatida turizm sohasini  rivojlantirishda joylashtirish vositalari va xizmat ko'rsatish sifatini oshirish, soha uchun mutaxassislar tayyorlash yuzasidan fikrlar almashildi. Xiva va Bog’ot tumanlarini turistik salohiyatini yanada oshirish borasida strategik yo’nalishlarni hamkorlikda ishlab chiqish zarurati borligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida xalqaro ekspertlar shuningdek, Urganch davlat universiteti professor-o’qituvchi, talaba va tadqiqotchilar o’rtasida viloyatning turizm salohiyatini oshirish, mehmonxonalar asosida zamonaviy kasbga yo’natirilgan turizm maktabini tashkil etish bo’yicha, sohaga mutaxassislarni tayyorlash borasida hamkorlik olib borish uchun istiqboldagi yo’nalishlar belgilab olindi.

Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha xorijlik mutaxassislar bilan muloqot olib borildi ; urdu.uz

Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha xorijlik mutaxassislar bilan muloqot olib borildi ; urdu.uz

Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha xorijlik mutaxassislar bilan muloqot olib borildi ; urdu.uz