Rektor va yoshlar uchrashuvi

Urganch davlat universiteti talabalarning muammo va takliflarini tizimli hal qilish hamda ularga amaliy ko'mak berish maqsadida anʼanaviy oʻtkazilib kelinayotgan “Rektor va yoshlar” uchrashuvining navbatdagisi boʻlib oʻtdi. Universitet rektori B.Abdullayev va birinchi prorektor S.Davletov ishtirokida boʻlib oʻtgan ushbu uchrashuvda barcha fakultetlardan talaba-yoshlar qatnashdilar. 

Unda keyingi yillarda oliy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun imkoniyatlar, ularni ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash borasida qilinayotgan ishlar, bu borada Urganch davlat universitetida talabalarga har tomonlama koʻmak berish maqsadida olib borilayotgan saʼy-harakatlar haqida soʼz yuritildi. 

Rektor talabalarni muammolarini tinglab, hal qilish borasida masʼullarga tegishli koʼrsatmalar berdi. 

urdu.uz, Rektor va yoshlar uchrashuvi

urdu.uz, Rektor va yoshlar uchrashuvi

urdu.uz, Rektor va yoshlar uchrashuvi

urdu.uz, Rektor va yoshlar uchrashuvi