Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti Meva-sabzavotchilik kafedrasi hamda O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishi talabalari har haftaning Juma kuni Xonqa tumanidagi “Gulchilik maktabi”da dual ta’lim asosida dars mashg‘ulotlarini olib borishmoqda.
Dual ta’lim — har bir talabaga oliy o‘quv yurtida ta’lim olish bilan birga, o‘z yo‘nalishiga mos tashkilotda mehnat qilish, malaka oshirish imkoniyatini beruvchi tizim, nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan zamonaviy ta’lim shaklidir.
Bu jarayon orqali talabalar nafaqat darsda o‘rganilgan nazariy bilimlarni mustahkamlaydilar, balki ishlab chiqarish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaxassis sifatida shakllanadilar.


.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)