Xorazm MTRK “Assalom, Xorazm” koʻrsatuvining 2023-yil 12-yanvar kungi soni Urganch davlat universitetida xalqaro hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib bormoqda. Xususan, 2022-yil 6-dekabrdan 23-dekabr sanasigacha xalqaro akademik mobillik doirasida universitetimiz professor-oʻqituvchilari va talabalari Turkiyaning Ege universitetida stajirovkada boʻlib qaytishdi. Lavhada ushbu safar taassurotlari haqida soʻz boradi.