Bugun Urganch davlat universitetida oʻtkazilgan “Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyati. Anushtegin Xorazmshohlar sulolasining o‘zbek davlatchiligidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun kelgan Turkiyaning Istanbul universiteti professori Kurshat Yildirim bilan UrDU rektori Baxrom Abdullayevning rasmiy muloqoti boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishidagi hamkorlikning muhim jihatlari, turkiy va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik va qardoshlik munosabatlari mustahkamligi e’tirof etildi. Tomonlar ana shu rishtalarni yanada mustahkamlash maqsadida ikki universitetning hamkorlik shartnomasiga imzo chekishdi.
Ushbu kelishuv professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvi, talabalar almashinuvi, qo‘shma tadqiqotlar, ma’ruzalar va simpoziumlar o‘tkazish, o'zaro manfaatli ta'lim va ta'lim imkoniyatlarini qo'lga kiritish uchun ikki tomonning resurslaridan foydalanish bo'yicha yaqin aloqalarni izlash va hamkorlik qilishni koʻzda tutadi.