Bugun, 2-iyun kuni har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan "Rektor kubogi" musobaqasining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Unda Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev soʻzga chiqib, talabalarni ushbu oʻziga xos sport bayrami bilan muborakbod etdi va barcha ishtirokchilarga bellashuvlarda omad tiladi.
Tadbirda Pedagogika fakultetining orkestr jamosi, Filologiya fakultetining bir guruh isteʼdodli yigit-qizlari oʻzlarining goʻzal kuy-qoʻshiqlari va raqslari bilan barchaga bayramona kayfiyat ulashdilar.
Shundan soʻng, universitetning barcha fakultetlari jamoalari sport maydonlariga taklif etildi. Bugun kun davomida futbol boʻyicha yigitlar oʻrtasida, voleybol boʻyicha esa qizlar oʻrtasida bahslar boʻlib oʻtadi.