Bugun Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Xorazm viloyatidagi barcha davlat oliy taʼlim muassasalari doktorant va mustaqil izlanuvchilari va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Oliy ta'lim tizimida ilmiy va innovatsion loyihalarni tijoratlashtirishni rivojlantirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Seminarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o'qituvchilari i.f.n. Bahodir Umarov va PhD Azizjon Zikriyoyevlar ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, maʼlumotlarni statsistik tahlil qilish, ekonometrik hisob-kitoblarning ahamiyati, Scopus bazasida maqola chiqarish, ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, foydali model ixtiro olish tartibi, ilmiy tadqiqotlarga va dissertatsiyalarga mualliflik huquqi guvohnomalarini olish zarurligi boʻyicha maʼruza qildilar.