Bugun, 8-sentabr kuni UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zafarbek Ibragimov Fizika-matematika fakultetining 1-kurs Amaliy matematika yoʻnalishi talabalari bilan uchrashdi.
Dastavval, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, oliy ta'lim tizimida ta’lim-tarbiyaviy ishlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida toʻxtaldi.
Universitetda bilim olish, ilmiy izlanishlar olib borish, Kredit-modul tizimining mohiyati, muassasaning bugungi kundagi xalqaro hamkorlik aloqalari, talabalar almashinuvi dasturlari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda o‘quv jarayoni bilan bog‘liq muhim ma’lumotlarni taqdim etdi. Talabalarni qiziqtirgan savollariga javoblar berdi.