Joriy yilning 4-oktabr kuni UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasining professor-o'qituvchilari hamda fakultet talabalari, shuningdek, bir qancha soha vakillari o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan Xorazm MTRKning "Siz nima deysiz?" tok-shousida chiqish qildilar.