Urganch davlat universitetida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun Press-tur tashkil etildi

2023-yil 14-oktabr kuni etilgan ushbu Press-turda universitet rahbariyati va Matbuot xizmati tomonidan ishtirokchilar, “Huquq va isteʼmolchi” gazetasi hamda “Hurriyat.uz” internet nashri muharriri Q.Eshchanov, UzA Milliy axborot agentligi fotomuhbiri B.Saidovlarga universitetning o‘quv va ilmiy laboratoriyalar holati, universitet tyutorlarining bir kunlik faoliyati, talabalar boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan toʻgaraklar, besh tashabbus ligalari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, yotoqxonalarda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Xususan, OAV vakillari Kimyo, Umumiy kimyo, Neft va gaz kimyosi, Atrof-muhit kimyosi, Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi, Atom fizikasi singari koʻplab laboratoriyalarning bugungi kundagi faoliyati, u yerda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, ularning dolzarbligi va ahamiyati yuzasidan masʼullar tomonidan maʼlumotlar berildi.

Qolaversa, universitet tyutorlari bilan ham uchrashuv oʻtkazilib, ish jarayonlari kuzatildi va ularning bir kunlik faoliyati, besh tashabbus ligalari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haqida suhbat qilindi.

Press-tur davomida ishtirokchilar talabalar turar joylarida ham boʻlib, sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar. U yerda talabalar boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan toʻgaraklar, yoshlarni bandligini taʼminlash va kasb-hunarga oʼrgatish maqsadida amalga oshirilgan ishlarning guvohi boʼldilar.

Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida oliygoh hududini koʻkalamzorlashtirish va mavjud oʻsimliklarni asrash maqsadida olib borilayotgan ishlarni ham kuzatdilar.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun Press-tur tashkil etildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun Press-tur tashkil etildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun Press-tur tashkil etildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun Press-tur tashkil etildi