Xorijlik mehmonlar “InnoWeek-2023” ko'rgazmasi bilan tanishdi

Kimyoviy texnologiyalar fakultetida  “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida tashkil etilgan innovatsion ko‘rgazma Turkiyaning Ege universitetidan tashrif buyurgan professorlarning eʼtiborini tortdi. Ayniqsa, fakultet olimlari tomonidan birgina qovunning oʻzidan qayta ishlash orqali oʻnga yaqin mahsulot olingani mehmonlarimizda katta qiziqish uygʻotdi. Shuningdek, namoyishga qoʻyilgan 250 dan ortiq mahsulotning yaratilishi bilan tanishdilar.