Barcha umuminsoniy, axloqiy fazilatlarni o‘zida aks ettirgan milliy qadriyatlarimiz davrlar osha ajdodlarimizning maʼnaviy merosi sifatida sayqallanib bormoqda. Salomlashish odobi ham ana shu oʻzbekona qadriyatlarimizning gultoji sanaladi.
Bugun “Biz bir bo‘lsak – yagona – xalqmiz , birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida universitetimizda oʼtkazilayotgan “Ma‘naviyat marafoni” doirasidagi davra suhbati “Salomlashish – eng ulug‘ qadriyat” mavzusida boʼldi.
Unda birinchi prorektor D.Ibadullayev, faxriy ustozlarimiz S.Masharipova, T.Qalandarova hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, shoir B.Bekmetov ishtirok etib, milliy-ma’naviy qadriyatlar – “milliylik”, “ma’naviyat” va “qadriyat” tushunchalari, shuningdek, xalqimizga xos boʼlgan salomlashish odobi, urf-odat va anʻanalar borasida atroflicha soʼz yuritdilar.