Joriy yilning 2-noyabr kuni soat 09:00 da O'zbek filologiyasi fakultetining "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasida navbatdagi ilmiy-nazariy seminar o'tkazildi. Seminarda kafedra dotsenti N.Djumaniyozova "Asqar Mahkam ijodining o'ziga xos xususiyatlari" mavzusida ma'ruza qildi. Mazkur ilmiy-nazariy seminarda kafedraning barcha professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.