2023-yil 22-noyabr kuni telegram ijtimoiy tarmog′ida “Biz UrDU ya'ni Urganch davlat universitetida byudjet asosida o'qiymiz, lekin 2 oydan beri stipendiya tushmayapdi” mazmunida tarqalgan post yuzasidan Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati holatni o′rganish ishlarini olib bordi.
Universitet Moliya va iqtisodiyot ishlari bo′yicha prorektori, fakultet dekanlari hamda Buxgalteriya bo′limi bilan birgalikda fakultetlar kesimida davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalarning stipendiyalarini vaqtida berilayotganligi tekshirib chiqildi va muammoni aniqlash bo′yicha tegishli chora-tadbirlar ko′rildi.
Mazkur muammo yuzasidan aniqlangan kamchiliklar mas′ul mutaxassislar tomonidan tegishli tartibda bartarf etildi.