UrDUda “Eng yaxshi esselar” respublika tanlovining hududiy bosqichi o’tkazilmoqda
????Bugun, 20-may kuni oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan “Eng yaxshi esselar” Respublika tanlovining hududiy saralash bosqichi bo’lib o’tmoqda. Ayni paytda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida ham viloyatdagi barcha davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari markazlashgan holda tanlovda ishtirok etmoqda.
????Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisida belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari oldida turgan vazifalar to'g'risida” 2025-yil 17-martdagi SQ-89-V-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda.