10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuni

“10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuni” munosabati bilan universitetimizda "Inson huquqlari - eng oliy qadriyat”  mavzusida davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Xususan, bugun O’zbek filologiyasi va Fizika – matematika fakultetlarida profilaktika inspektorlari D.Sapayev hamda Z.Allanazarovalar talaba – yoshlar bilan uchrashib, “Inson huquqlari” umumjahon deklaratsiyasi mazmun-mohiyati talabalarga to’g’risida ma’lumotlar berishdi. 

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ayniqsa, Asosiy qonunimizning “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb atalgan II bo‘limi “Inson huquqlari” umumjahon deklaratsiyasi talablariga to‘la mos kelishi xususida so’z  yuritildi.