Bugun, 19-dekabr sanasida Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti talabalari bilan uchrashdi. Unda birinchi prorektor D.Ibadullayev, rektor maslahatchisi R.Sharipov, fakultet dekani I.Abdullayev hamda tyutorlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda bugungi kunda taʻlim sohasidagi jadal islohotlar oʻlaroq, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar Urganch davlat universiteti misolida qayd etildi. Talabalar ushbu sharoitlarga munosib tarzda chuqur bilim olishga chaqirildi. Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetining oʻziga xos yutuqlari eʼtirof etildi.
Shuningdek, universitet Ichki tartib-qoidalariga qatʼiy amal qilish, kiyinish madaniyati, salomlashish odobiga rioya qilish borasida toʻxtaldi. Darslarga oʻz vaqtida kelish uqtirildi.
Talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlarida yashovchi talabalar qish kunlarida gaz va elektr qurilmalaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanishga chaqirildi.
Rektor bilan uchrashuvda talabalar oʼzlarining fikrlari, takliflari hamda qiziqtirgan savollari bilan faol ishtirok etdilar.