“XXI asr algoritmi” nomli xalqaro anjumanning ikkinchi kuni boʼlib oʼtmoqda

Buyuk matematik olim Al-Xorazmiyning 1240 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan mazkur anjumanda raqamlashtirish, IT sohalarini rivojlantirish, sunʼiy intellekt va undan sohada yetakchi mutaxassislarini tayyorlashda samarali foydalanish kabi mazmunda xorijiy olimlarning maʼruzalari tinglanmoqda.

Bugungi seminarlarda AQSH ning Los-Anjeles shahridagi Kaliforniya universiteti va Germaniyaning Maks Plank universiteti professori Guido Montufar  “Maʼlumotdan o'rganish” va “Statistik o'rganish nazariyasi” mavzularida taqdimot qildi.

Shuningdek, anjumanda AQSHning Alabama universiteti professori Volodymyr Melnykovning “O'qitivchisiz mashinali o'rganish va modelga asoslangan klasterlashga kirish” va “Modelga asoslangan klasterlash yutuqlari” mavzularida ma’ruzalari tinglandi.