Bugun, 25-aprel kuni "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi raisi R.Maxmudova Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev hamrohligida universitet talaba-qizlari bilan uchrashdi.
Shuningdek, ushbu uchrashuvda Xorazm viloyati sudi raisi Sh.Kamolov, viloyat Ma’muriy sudi raisi J.Sultanova, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining Xorazm viloyat bo’limi xodimlari hamda Urganch davlat universiteti rahbar xodimlari, professor-o’qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Dastlab, universitet rektori B.Abdullayev so’zga chiqib, uchrashuvdan ko’zlangan asosiy maqsad va uning vazifalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdi.
Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish chora-tadbirlarini yaxshilashga qaratilgan ushbu uchrashuvda partiyaning Respublika sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi raisi R.Maxmudova yurtimizda xotin-qizlarni zo'ravonliklardan himoyasi qilish bo'yicha olib borilayotgan islohatlar va qonunchilikdagi yangiliklar haqida, ularni siyosiy va iqtisodiy jihatdan faolligini oshirish uchun berilayotgan imtiyozlar, “Gender strategiyasi-2030” bo'yicha ko'zda tutilgan vazifalar haqida so'z yuritdi.
Sudyalar tomonidan yurtimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi islohotlar, qonunchilikdagi yangilik va oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar berilib, talaba-qizlar huquqiy madaniyatni oshirishga chaqirildi.
Uchrashuv yakunida bir guruh universitet pedagog va ishchi-xodimlari hamda talabalar universitet va partiya tomonidan taqdirlandi.