9-May –

           9-May – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti tyutorlari boshchiligida rus tili ta'lim yo'nalishi talabalari fakultetning faxriy ustozlari Baxodir Hamroyev, Olga Polvanova, Salomat Jumaniyozova, Qadamboy Salayevlar bilan uchrashib,  hurmatli ustozlarimizni bayram bilan samimiy qutladilar. Shu bilan bir qatorda, nafaqadagi faxriy ustoz Mamasheva Tamara Polvonovnaning holidan  ham xabar olishib ustozning umr yo'li va ilmiy-pedagogik faoliyati borasida ma'lumotlarga ega bo'ldilar. Talabalar faxriy ustozlarni sovg`lar bilan samimiy qutladilar.

            Uchrashuvlar davomida faxriy ustozlarning namunali hayot yo'li, uzoq yillik samarali ish faoliyati yuzasidan ma'lumotlarga ega bo'lib, ustozlarga o'zlarining minnatdorliklarini izhor qilishdi.