O'zbek tili taʼlim yo'nalishi talabalari 9-May – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan faxriy ustoz, filologiya fanlari doktori, O'zbek tilshunosligi kafedrasi professori Z.Do'simovning holidan xabar olishdi.
Uchrashuv davomida talabalar ustozning umr yo'li va ilmiy-pedagogik faoliyati borasida ma'lumotlarga ega bo'lib, bayram bilan samimiy qutlashdi.