Assalomu alaykum, muhtaram ustozlar, aziz hamkasblar!
2024-yil 12-iyun kuni soat 10:00 da 1-bino, Oʻzbek filologiyasi fakultetining 331-auditoriyasida boʻlib oʻtadigan filologiya yoʻnalishidagi kafedralarning umumiy yigʻilishida tayanch doktorant Rahimov Joʻrabek Ikramovich tomonidan 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Rus va oʻzbek tillaridagi axborot-kommunikativ texnologiyalar leksikasi (ommaviy axborot vositalari materiallari asosida)” mavzusida tayyorlagan dissertatsiyasining dastlabki ekspertizasi oʻtkaziladi.
Ilmiy rahbar: f.f.d., dotsent Choʻponov Otanazar Otajonovich
Ushbu muhokamada professor-oʻqituvchilar, doktorant, mustaqil izlanuvchi, magistrant va talabalar, shuningdek, barcha qiziquvchilar ham ishtirok qilishlari mumkin. Dissertatsiya va uning avtoreferati bilan "Rus tili va adabiyoti" kafedrasida tanishishingiz mumkin.