Bugun, 1-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Urganch davlat universitetida boʻlib, oliygohda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
Vazir o‘rinbosari S.Buzrukxonov dastlab universitet rektori B.Abdullayev hamrohligida ayni paytda universitetning asosiy hududida barpo etilayotgan yangi kutubxonaning qurilish ishlarini borib ko‘rdi. Rektor tomonidan universitetda olib borilayotgan qurilish, bunyodkorlik ishlari haqida maʼlumotlar berib borildi.
Yangi kutubxona 5 qavatli, 1000 oʻringa moʻljallangan boʻlib, bino ichida 500 oʻrinli faollar zali ham mavjud. Vazir o‘rinbosari faollar zalidagi qurilish ishlarini koʻzdan kechirib, oʻzining tavsiyalarini berdi. Quruvchilar bilan suhbatda boʻlib, qurilish-taʼmirlash ishlari borasida yanada qulaylik yaratishga qaratilgan topshiriqlar berdi. Quruvchilar tomonidan zamonaviy tipda barpo etilayotgan ushbu kutubxonani yangi oʻquv yiliga foydalanishga topshirish rejalashtirilgani bildirildi.
Shundan soʻng, S.Buzrukxonov universitet hududidagi 6 ta sport turiga moʻljallab bunyod etilayotgan sport maydonchalarining qurilish ishlari bilan tanishdi. Talabalarni sportga keng jalb qilish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish borasida yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida barpo etilayotgan ushbu sport kompleksi 1 ta basketbol, 1 ta voleybol, 2 ta badminton, 1 ta gimnastika hamda 1 ta gandbol maydonlarini oʻz ichiga oladi.
Hozirda sport maydonchalarida beton ustiga quyma rezina qoplamasini quyish hamda atrofini oʻrash uchun metall konstruksiyalarni payvandlash ishlari olib borilmoqda.