Urganch davlat universiteti Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2024-yil 1-iyun kuni Urganch davlat universiteti Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yigʻilish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari, Kuzatuv kengashi raisi Sarvarxon Buzrukxonovning bevosita ishtirokida o‘tkazildi.

Unda kun tartibidan o‘rin olgan masalalar, xususan, 2024/2025 o‘quv yili uchun ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklar bo‘yicha qabul parametrlarini tasdiqlash, Urganch davlat universitetining “Professor-o‘qituvchilar faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini (KPI)”ni tasdiqlash hamda rahbar xodimlar (rektor, prorektor, dekanlar) faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari (KPI)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, Urganch davlat universitetida Xalq ta’limi pedagog-xodimlari uchun  kasbiy va pedagogik  “Qayta tayyorlash markazi” kurslari va muhandislik maktabini tashkil etish hamda universitetning amaldagi tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish kabi qator masalalar muhokama qilinib, masʼullarning hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida belgilangan vazifalar ijrosi muntazam ta’minlab borilishi yuzasidan rejalar belgilab olindi va bu borada mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.