CIMMYT ning hindistonlik ekspertlari bilan universitet rahbariyatining uchrashuvi bo'lib o'tdi

26-30 avgust kunlari Urganch davlat universiteti tashabbusi bilan Xalqaro CIMMYT tashkiloti hamkorligida “Iqlim o‘zgarishiga nisbatan barqaror ekotizmni yaratish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflarga moslashuvchanligini oshirish” maqsadida Gʻarbiy va Markaziy Osiyo uchun resurs tejamkor qishloq xo‘jaligi bo‘yicha xalqaro trening o’tkazilmoqda.

27-avgust kuni mazkur xalqaro seminarning ishtirokchilari, xususan, CIMMYT ning hindistonlik ekspertlari bilan Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev boshchiligida universitet rahbariyatining uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Uchrashuvda  qishloq xo‘jalik sohasida  hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ekspertlarni universitet talabalariga dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun jalb qilish, universitet tadqiqotchilarini Hindistonda malaka oshirish va stajirovka kurslariga yuborish, CIMMYT markazi seminarlarida qatnashish hamda birgalikda loyihalar ishlab chiqish borasida muzokaralar olib borildi.

Uchrashuvdan soʻng, mehmonlar Xorijiy filologiya fakultetida tashkil etilgan Hindiston madaniyatini o'rganish markazi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, mehmonlar universitetning 5-o'quv binosi qulayliklari bilan ham tanishtirildi.