UrDU professor-oʻqituvchilari va talabalari “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasida turli nominatsiyalar bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritdi

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, “UZINFOCOM” MCHJ, Talabalar sporti assotsiatsiyasi bilan birgalikda  talaba-yoshlarni sogʻlom hayotga targʻib qilish, ularni doimiy sport bilan shugʻullanishi uchun “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasi Respublika boʻylab tashkil etildi. 

Xorazm viloyatida ham viloyatdagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalari qatorida Urganch davlat universitetining minglab koʻngilli yoshlari  professor-oʻqituvchilari bilan birgalikda yugurish sport musobaqasida faol ishtirok etishdi.

Musobaqalarda oliygohimiz jamoasi munosib ishtirok etib,  “Eng yosh ishtirokchi”, “Eng keksa ishtirokchi” hamda “Eng g’alabaga ishtiyoqi baland ishtirokchi” nominatsiyalari bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritishdi.

Ma’lumot o’rnida, yugurish musobaqasi bir yilda ikki marta – “Kuzgi” (oktyabr-noyabr oylarida) hamda “Bahorgi” (mart-may oylarida) mavsum doirasida boʻlib oʻtishi belgilangan.