Bugun, 4-noyabr kuni Urganch davlat universitetida navbatdagi universitet Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash universitet rektori Baxrom Abdullayev raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.
Dastlab Kengash raisi tomonidan PhD (falsafa doktori) va DSc (fan doktori) ilmiy darajalariga, shuningdek, OAK dotsenti ilmiy unvoniga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilarga diplomlari topshirilib, ustozlarning keyingi ilmiy faoliyatlarida ham davomli muvaffaqiyatlar tilandi.
Shundan soʻng, Kengash yigʻilishi kun tartibidan oʻrin olgan masalalar yuzasidan masʼullarning hisobot va axborotlari tinglandi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezideti Shavkat Mirziyoyevning “BRIX plus” formatidagi sammitda so‘zlagan nutqining mazmun- mohiyati to‘g‘risida;
Universitet o‘quv va ilmiy laboratoriyalarining zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi to‘g‘risida;
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;
Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakultetida talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.
Kengash saylovlar hamda turli xil masalalar muhokamasi so′ng o′z ishini yakunladi.