Urganch davlat universitetida “16-noyabr – Xalqaro bag'rikenglik kuni” munosabati bilan “Bag'rikenglik haftaligi” doirasida turli tadbir va ko’rgazmalar tashkil etildi. Xususan, fakultetlarda "Milliy qadriyatlarda Vatan aksi" mavzusida suhbat va ko'rgazma o’tkazilib, unda fakultet tyutorlari tomonidan talabalarga milliy qadriyatlar bo’yicha ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, turli xil sport o'yinlari, jumladan, tosh ko'tarish, arqon tortish va stol tennisi talabalar ishtirokida o’tkazilib, ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

.jpg)





