Joriy yilning 18-oktabr kuni Texnika fakulteti 1-bosqich talabalari bilan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshligʻi X.Shihova ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda talabalarga mamlakatimizda yoshlarga yaratilgan sharoitlar haqida alohida toʻxtalib, ilmda, akademik faoliyatda halol, adolatli boʻlish, korrupsiyaviy holatlarni, xavf-xatarlarni oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlarda faol boʻlish, bu illatga qarshi murosasizlik bilan kurashish hamda birgalikda yengish kerakligi tushuntirildi.