UrDU Filologiya va san'at fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi G.Kutlimuratova hamda Sh.Rustamova joriy o'quv yili davomida o'tkazilishi belgilangan tadbirlar rejasi doirasida 5-sonli Talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalar bilan "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi:huquq va majburiyatlari" ga bag'ishlangan davra suhbati tashkil qildilar.Unda ta'lim tizimida yangi qabul qilingan qonun va qarorlar haqida so'z bordi. Davra suhbati jarayonida talalalar bilan semerstr yakuni yuzasidan suhbat ham o`tkazildi.Unda an'anaga aylangan "Ustoz-shogird" to'garaklari haqida ma'lumotlar berildi. Shuningdek, talaba-yoshlarga semestr yakunida bo'ladigan barcha imtihonlarga puxta tayyorgarlik ko'rishlari lozimligi aytildi.