Ichki ishlar vazirligining madaniyat saroyida O‘zbekiston voleybol federatsiyasining 2024-yilda amalga oshirgan ishlari, yutuqlari sarhisobiga bag‘ishlangan yil taqdimoti o'tkazildi. Unda Urganch davlat universiteti professor-o’qituvchisi Ne'mat Ro’zmetovning samarali faoliyati e’tirof etilib, Voleybol sport turi bo'yicha "Yilning eng yaxshi murabbiysi" naminatsiyasiga munosib deb topildi.
Shuningdek, mazkur taqdirlash marosimida Urganch davlat universiteti professor-o’qituvchisi, "Yilning eng yaxshi murabbiysi" naminatsiyasi g'olibi Ne'mat Ro’zmetovning shogirdi, Sport faoliyati, pedogogika va psixologiy fakulteti Sport o'yinlar kafedrasi talabasi Bahriniso Shavkatova Voleybol sport turi bo'yicha "Yilning eng yaxshi o'yinchisi" naminatsiyasiga sazovor bo’ldi.
Talabamizni va uning ustozini ushbu qo'shaloq muvaffaqiyat bilan oliygoh jamoasi nomidan samimiy tabriklab, kelgusidagi o’qish va ishlarida, shuningdek, nufuzli musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilab qolamiz!