Bugun, 25-dekabr kuni, UrDU Filologiya va san'at fakulteti Kengashining 2024-yildagi so'nggi yig'ilishi o'tkazildi.Yig'ilish avvalida fakultet dekani, Kengash raisi professor D.G'ayipov barchani Yangi yil bayrami bilan muborakbod etib, kirib kelayotgan 2025-yil muvaffaqiyatlarga boy bo'lishini tiladi. Fakultetda 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi bo'yicha ma'lumotlar berildi. Yig'ilishda har xil masalalar, dekan o'rinbosarlarining hisobot va axborotlari kun tartibidan joy oldi. Yil sarhisobi bo'yicha fakultet faoliyatida erishilgan yutuqlar qayd qilindi.Kengash yakunida 2024-yil davomida fakultetning o'quv, ma'naviy-ma'rifiy va ilmiy yo'nalishlarini yuksaltirish yo'lidagi xizmatlari uchun bir guruh professor-o'qituvchilar va faol iqtidorli talabalar e'tirof qilinib, tashakkurnoma, faxriy yorliq va esdalik sovg'alar topshirildi. Jumladan, Rus tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti A.K.Avazova,professor O.O.Chuponov,dotsent S.R.Djumaniyazova,dotsent G.Sh.Artikova,dotsent X.S.Ruzimbayev va rustili va adabiyoti kafedrasi o`qituvchisi E.O.Safronovlar munosib taqdirlandilar.