Universitetning erkaklar jamoasiga ehtirom koʻrsatildi

Bugun, 14-yanvar kuni universitetimizda anʼanaviy ravishda “Vatan himoyachilari kuni” keng nishonlandi. Ushbu sana munosabati bilan oliygoh rahbariyati va xodimlaridan iborat erkaklar jamoasiga ehtirom ko‘rsatilib, ularni tabriklash uchun tadbir tashkil etishdi.

Tadbirda universitet Xotin-qizlar maslahat kengashining bir guruh faol ayol professor-oʻqituvchilari, uzoq yillardan beri faoliyat olib borayotgan faxriy ustozlar so‘zga chiqib, ushbu bayramning ahamiyati haqida gapirishdi. Vatan himoyachilari – bu nafaqat harbiylar, balki, o‘z kasbiy faoliyatida, oilasida va jamiyatda masʼuliyat bilan xizmat qilayotgan barcha erkaklar ekanini taʼkidlashdi.

  “Bugungi kunda sizlarning har biringiz, o‘z mehnatingiz va intilishingiz bilan nafaqat universitetimiz rivojiga, balki mamlakatimiz kelajagiga munosib hissa qo‘shmoqdasiz. Sizlarning bardoshingiz, jasoratingiz va mehnatkashligingiz biz uchun ibratdir,” – deya iliq fikrlar bildirishdi.

Bildirilgan samimiy ezgu tilaklar barchaga bayram kayfiyati ulashdi. Tadbir davomida bayram munosabati bilan esdalik sovgʻalari ulashildi.  “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” universitetimiz jamoasi uchun nafaqat bayram, balki bir-biriga hurmat va ehtirom ko‘rsatishning yana bir imkoniyatiga aylandi.