Buyuk Britaniyaning Ulster universiteti hamda Qozog‘iston Respublikasining A.Baytursunov nomidagi Kostanay davlat universiteti vakillari UrDUda bo'lishdi

Bugun, 20-yanvar kuni Buyuk Britaniyaning Ulster universiteti vakillari hamda Qozog‘iston Respublikasining A.Baytursunov nomidagi Kostanay davlat universiteti vakillari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 21-22-23-yanvar kunlari Xorijiy filologiya fakulteti tashabbusi bilan o'tkazilayotgan Britaniya Kengashi tashkilotining "Accelerating English Language Learning in Central Asia (AELLCA) -Markaziy Osiyoda ingliz tilini oʼqitishni rivojlantirish” loyihasi seminar-treninglarini tashkil etish maqsadida oliygohga tashrif buyurishdi.

Tashrif avvalida mehmonlar bilan universitet rahbariyati uchrashuvi bo'lib o'tdi. Xususan, uchrashuvda  rektor v.v.b S.Xodjaniyazov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori G‘.O‘razboyev, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyazov, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri R.Abidova hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig'i E.Yo‘ldashovlar ishtirok etishdi.

Hamkorlar bilan kelgusida qo‘shma ta’lim va "Franchayzing dasturlari" ni tashkil etish, ilmiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va xalqaro loyihalarda birgalikda ishtirok etishga kelishib olindi.