30-yanvar kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida navbatdagi universitet Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.
Dastlab Kengash raisi tomonidan anʼanaga muvofiq, oliygoh jamoasining yutuqlari eʼtirof etildi. Xususan, oliygohning DSc (fan doktori) va PhD (falsafa doktori) ilmiy darajalariga, shuningdek, OAK dotsenti ilmiy unvoniga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilarga diplomlari topshirilib, ustozlarning keyingi ilmiy faoliyatlarida ham davomli muvaffaqiyatlar tilandi.
Kengashining 6-majlisida sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan talabalar va ularning ustozlariga diplom hamda statuetkalari topshirildi.
Kengashining 6-majlisida belgilangan masalalar ko'rib chiqildi. Shuningdek, har xil masalalar va saylovlar Kengash kun tartibidan joy oldi.