4-mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 2022/2024-yil (Qishki qabul) Magistratura bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo’lib o’tdi. Marosimda universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov, Oʻzbekiston Qahramoni va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni sohibi E.Karimov, Magistratura bo’limi boshlig’i Y.Taxirov hamda magistantlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Tadbirda so’zga chiqqanlar bitiruvchi magistrantlarni ushbu yutuqlari bilan samimiy qutlashdi va kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tilashdi.
Ta’kidlash joizki, ushbu o’quv yilida oliygohni 24 ta mutaxassislik bo'yicha 85 nafar magistrant muvaffaqiyatli tamomladi va ularga universitet rahbariyati tomonidan diplomlari topshirildi.