Oliygohning bir guruh professor-o’qituvchilari Qozog’istonning Ostona shahrida bo’lib o’tayotgan xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

Joriy yilning 10-13 mart kunlari Qozog’istonning Ostona shahri Yevrosiyo milliy universitetida AELLCA loyihasi doirasida “Designing and Implementing responsive interventions to sustain the career progression of current and future teachers of English language and in Kazakhstan and Uzbekistan: the case studies of PRESETT at L.N.Gumilyov Eurasian National University Kazakhstan, Baishev university Kazakhstan and Urgench State University” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo’lib o’tmoqda.

Unda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov, dekan o’rinbosari J.Kushmanov, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri R.Abidova hamda kafedra o’qituvchilari U.Axmedova va Sh.Zaripovalar ishtirok etmoqda.

Dastur doirasida Z.Jumaniyozov delegatsiya rahbari sifatida ochilish marosimida universitet nomidan o’z nutqi bilan chiqish qildi hamda Ingliz tili va adabiyoti kafedrasida loyiha yuzasidan 5 oy davomida amalga oshirilgan ishlar to’g'risida so’z yuritdi. Shuningdek, universitet o'qituvchilari ham o'z nutqi bilan chiqish qilishdi.

Konferensiya 13-mart kuniga qadar davom etadi.