Bugun, 11-mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida 2025-yil mavsumida Bolalarni sog'lomlashtirish oromgohlarida faoliyat yuritish istagida bo'lgan talabalar va pedagoglar bilan soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda universitet Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Q.Yo‘ldashev, Bolalarning dam olishini va sog'lomlashtirilishini tashkil etish departamenti Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig'i R.Bobojonov, "Urganch" oromgohi direktori R.Bobojonova, Xonqa tumanidagi "Sog'lom avlod" oromgohi direktori M.Po'latova va boshqa mutaxassislar ishtirok etib, viloyatimizda joylashgan "Urganch", "Al-Xorazmiy", "Jayhun Quyoshi" hamda "Xiva gulshani" kabi oromgohlar faoliyati, yurtimizda bolalarni ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy jihatdan himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar to'g'risida o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Muloqotni o'tkazishdan asosiy maqsad talabalarning bandligini ta’minlash, yoshlarda yetakchilik, samaradorlik, muloqot va ijtimoiy ko'nikmalarni rivojlantirish hamda talabalarni ushbu soha bo'yicha qiziqtirgan savollariga javob olishiga yordam berishdan iborat.
Uchrashuvda bolalar dam olish maskanlarida faoliyat yuritish istagida bo'lgan talabalarga joriy yilning 1-aprel kunida suhbat asosida ishga qabul qilinishi ta'kidlandi.