Bugun, 18-mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Navro'z ayyomi munosabati bilan Sport klubi tomonidan “Qadriyatlaring boqiy bo'lsin, Navro'z!” shiori ostida turli xil sport o'yinlari o'tkazildi.
Dastlab Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti dekani A.Xudayberganov, Sport klubi raisi o'rinbosari M.Raximovlar so'zga chiqib, talaba-yoshlarga musobaqa tartib-qoidalari haqida tushuntirish berishdi hamda ishtirokchilarga omad va zafarlar tilashdi.
Bellashuvlar davomida oliygohning barcha fakultetlaridan talaba-yoshlar faol ishtirok etib, sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kurash, armrestling, shashka, badminton turlari bo'yicha o'zaro kuch sinashishdi. Qizg'in bahslar davomida ishtirokchilar birdamlik va kuch-g'ayrat bilan oldinga intilib, o'z mahoratlarini sinovdan o'tkazishdi.
Musobaqalar yakunida g’oliblikni qo’lga kiritgan va faol ishtirok etgan talaba-yoshlar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.