Kelajakka qadam — bugundan boshlanadi!

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko'maklashish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qaroriga binoan yoshlarning bandligini ta'minlash, oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida "Kelajakka qadam" markazi faoliyati tashkil etilgan.

Shu munosabat bilan, bugun, 20-mart kuni universitet Madaniyat saroyida "O'zmilliybank" AJ bilan hamkorlikda oliygoh bitiruvchi bosqich talabalari ishtirokida "Kelajakka qadam" dasturining dastlabki seminari o'tkazildi. Seminar-treningda oliygoh rektori v.v.b. Sardor Xodjaniyazov hamda "O’zmilliybank AJ Xorazm viloyati bosh boshqarmasi Mahallabay ishlash va davlat dasturlarini moliyalashtirish bo’limi boshlig’i Bahrom Masharipov ishtirok qilib, talaba-yoshlarga bank tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar paketlari, turli sohalar bo'yicha biznes rejalar tuzish hamda tadbirkorlik bo'yicha kredit hujjatlar tayyorlash yuzasidan zarur tavsiyalar berishdi. 

Shuningdek, "Kelajakka qadam" dasturi faoliyati uchun Urganch davlat universitetida alohida xona tashkil etilib, ushbu dasturdan asosiy maqsad o'z biznes loyihasini amalga oshirish istagida bo'lgan oliy ta'lim muassasalari bitiruvchi bosqich talabalari uchun biznes g'oyalarini tayyor loyihagacha olib borish jarayonida yordam berishdan iboratdir.