“Universiada” sport musobaqalarining Futbol sport turi boʻyicha final bosqichi o'yinlariga start berildi

Xorazm viloyati "Universiada" sport musobaqalarining futbol bo'yicha Respublika final bosqichiga mezbonlik qilmoqda...

Joriy yilning 9-14-aprel kunlari Xorazm viloyatida oliy taʼlim muassasalarining talaba-yoshlari oʻrtasida anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan “Universiada” sport musobaqalarining Futbol sport turi boʻyicha final bosqichi oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda.

Bugun, 10-aprel kuni Urganch shahrida joylashgan "Yoshlik" sport majmuasida "Universiada" sport musobaqalarining dastlab ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Z.Sa'dullayev ishtirok etib, final bosqichiga yetib kelgan barcha jamoalarga omad va zafarlar tiladi hamda ushbu musobaqaning yoshlar orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, iste'dodli sportchilarni aniqlashda muhim maydon bo'lib xizmat qilishini ta'kidladi.

Mazkur nufuzli musobaqaning final bellashuvlarini tashkil etishda Abu Rayhon Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti jamoasi asosiy tashkilotchilardan biri hisoblanadi.