Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri R.Abidova boshchiligidagi kafedra o‘qituvchilari Turkiyaning O'n sakkizinchi Mart universiteti Ta’lim fakulteti dekani Prof.Muzaffer ÖZDEMİR hamda Ingliz tili o‘qitish kafedrasi mudiri Prof.Dinçay KÖKSAL bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot ishlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, shuningdek, kelgusidagi qo‘shma loyihalar bo‘yicha rejalar muhokama qilindi.Kunning ikkinchi yarmida, universitetimiz o’qituvchilari Turk tilini o‘qitish va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Prof. Yusuf Avcı bilan uchrashdi. Unda kafedralararo xalqaro aloqalarni o‘rnatish va ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlikni kengaytirish borasida fikr almashildi. Shuningdek, Prof. Yusuf Avcı o‘z qalamiga mansub adabiyotlarni sovg‘a sifatida taqdim etdi.
