Joriy yilning 23-aprel kuni Urganch shahridagi IT Parkda “Bunyodkor ayollar–2025” fetivali doirasida maktab bitiruvchilarini oliy taʼlimga qamrab olish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Tadbirda viloyatimizdagi oliy taʼlim muassasalari oʻz imkoniyatlarini taqdim etadigan koʻrgazmalari bilan qatnashdilar.
Xususan, Urganch davlat universiteti ham o'zining ilmiy va ta'limiy imkoniyatlarini taqdim etdi. Universitetning vakillari oʻquvchilarga, ayniqsa, bitiruvchi qizlarga mavjud bo'lgan yo'nalishlar, stipendiya dasturlari, ilmiy loyihalar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma'lumot berdilar. Shuningdek, universitetda mavjud zamonaviy laboratoriyalar, sport inshootlari va boshqa infratuzilmalarga oid ko'rgazmalar ham namoyish etildi.
Ochiq eshiklar kuni yoshlar o'rtasida oliy ta'limga bo'lgan qiziqishni oshirish va universitetlar o'rtasida hamkorlikni mustahkamlash uchun ajoyib imkoniyat bo'ldi. Tadbirda ishtirok etgan o'quvchilar ko'plab savollar bilan murojaat qilib, o'zlarini qiziqtirgan sohalar bo'yicha batafsil ma'lumot olishdi.
Ushbu tadbirda Bosh vazir o’rinbosari Z.Mahkamova, Viloyat hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi N.Kutlimuratova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Z.Sa'dullayev va boshqa bir guruh mehmonlar ishtirok etib, oliygohimiz pavilonlariga alohida qiziqish bildirishdi.