#Universitet_kengashi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kengashining 8-majlisi bo‘lib o‘tdi

✅Bugun, 28-mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida navbatdagi universitet Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  Kengash universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.

Dastlab Kengash raisi tomonidan anʼanaga muvofiq, oliygoh jamoasining yutuqlari eʼtirof etildi.  Xususan, oliygohning DSc (fan doktori) va PhD (falsafa doktori) ilmiy darajalariga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilarga diplomlari topshirilib, ustozlarning keyingi ilmiy faoliyatlarida ham davomli muvaffaqiyatlar tilandi.

Shundan so’ng, Kengashining 8-majlisidan o’rin olgan masalalar yuzasidan mas’ullarning axborot hamda hisobotlari tinglandi. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Shixova bo‘lim faoliyati, Urganch davlat universitetida manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni barvaqt aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rilishi yuzasidan ma’lumot berdi.

Shuningdek, har xil masalalar va saylovlar Kengash kun tartibidan joy oldi.