Bugungi kunda Urganch davlat universitetida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ko’plab salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Xorijiy filologiya fakulteti o’qituvchisi Shakarjon Zaripova Xitoyning hamkor Lanchjou san'at va fan universiteti talabalari uchun onlayn rus tili kurslarini olib bormoqda.
Shuningdek, mazkur universitet Xitoy tili va adabiyoti fakulteti ma'ruzachisi Meng Sun tomonidan Urganch davlat universiteti talaba-yoshlari uchun onlayn xitoy tili darslari tashkil etilmoqda. Unda Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo'nalishi talabalari onlayn ishtirok etmoqda.
Bu kabi xamkorliklar globallashuv hamda yoshlarda chet tillariga bo’lgan qiziqishni oshirib, ularga til ko’nikmalarini yanada puxta o’zlashtirishga yordam beradi.