2025-yil 2-iyundan 14-iyungacha Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Texnika fakultetining “Geodeziya va geoinformatika” hamda “Geodeziya, kartografiya va kadastr” yo‘nalishlari talabalari universitet huzuridagi Yangiariq qurilish va transport texnikumi o‘quv dala poligonida geodezik o‘quv dala amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tamoqdalar.
Bugun universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyozov “Geodeziya, kartografiya va kadastr” kafedrasi mudiri S.Avezov hamrohligida amaliyot jarayoni tashkil etilishi va talabalarga yaratilgan sharoitlarni yaqindan o‘rganish maqsadida texnikumga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida talabalarning amaliy mashg‘ulotlarini kuzatib, ularning faoliyati bilan tanishdilar va samimiy suhbat o‘tkazdilar. Amaliyot rahbarlari amaliyot jarayoni va unda talabalarning ishtiroki haqida batafsil ma’lumot berishdi. Shuningdek, Yangiariq qurilish va transport texnikumi direktori Sh.Xudayberganov ham talabalarning amaliyotdagi faolligini yuqori baholab, universitet bilan ilmiy va amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdi.
Tashrif so‘ngida texnikumning sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.