Bugun, 14-iyun kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida "Korrupsiya taraqqiyot dushmani" mavzusida yoshlarning muammolarini tinglash, hal qilish, korrupsiyaviy xavf-xatarlar va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish maqsadida "Prokuror va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda universitet rektori v.v.b S.Xodjaniyozov hamda Xorazm viloyati prokurorining birinchi o'rinbosari Sh.Muxamatov mavzu yuzasidan talaba-yoshlar bilan muloqot olib borishdi.
Uchrashuv davomida Urganch davlat universiteti va Xorazm viloyati Prokuraturasi o‘rtasida “Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida tahsil olayotgan hamda bitiruvchi talabalarni ishga joylashtirishda hamkorlik qilish to‘g‘risida”gi memorandum imzolandi.
Bu kabi uchrashuvlar yoshlarni qonuniylik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.